AQShning Florida shtatidagi Busch Gardens bog‘ida sertabassum jirafa irlandiyalik sayyohlarning selfisiga “xalaqit berdi”. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Irlandiyalik Geri King va Liza Kennedi AQShga ikki haftaga kelgandi. Lizaning aytishicha, bog‘da juftlik rosa suratlarga tushgan, safari chog‘ida ko‘pgina hayvonlar, jumladan, jirafalar ham ularga hamrohlik qilgan.
Sayyohlar “fotobomba”ni kechki payt mehmonxonaga qaytgandagina payqagan. Ular ijtimoiy tarmoqlarda mazkur selfini joylashtirgach, surat ovoza bo‘lib ketdi. Geri va Liza endi Dublin zooparkiga borib, fillar bilan selfiga tushish niyatida ekanliklarini bildirgan.
Izoh (0)