Britaniyaning Birmingem shahri shifoxonasida Buxarest tungi klubida yuz bergan yong‘in oqibatida jabrlangan yana bir kishi halok bo‘ldi. Fojia qurbonlari soni 48 nafarga yetdi, deb xabar beradi “TASS”.
9-noyabr, dushanba kuni NATO S-17 harbiy-transport samolyoti to‘qqiz nafar jabrlanuvchini Buyuk Britaniya shifoxonasiga, yana bir kishini Norvegiyaga yetkazdi. Bemorlardan olti nafarining ahvoli og‘ir bo‘lib, ularni Ruminiya tez yordam jamoasi kuzatib bordi.
Yana bir qator davlatlar, jumladan, Niderlandiya, Avstriya, Belgiya, Germaniya, Shveysariya va Isroil o‘z shifoxonalarida jabrlanganlarni joylashtirishga rozi bo‘ldi. Jami 35 nafarga yaqin yarador boshqa davlatlarga yuborildi, biroq ulardan besh nafari halok bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxarestdagi tungi klubda ro‘y bergan yong‘in qurbonlari soni 46 kishiga yetganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)