2016-yil 1-yanvaridan O‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqlik darajasini monitoring qilish va baholash tizimi joriy etiladi, deya xabar bermoqda “Review.uz” Vazirlar Mahkamasining 6-noyabr kuni qabul qilingan “‘Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida’gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni nizomini bajarishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish” to‘g‘risidagi qaroriga tayanib.
Hujjatga muvofiq, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi jamoatchilik kengashi tuziladi.
Bundan tashqari, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi jamoatchilik kengashi haqidagi nizom, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha reglament, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqlik darajasini monitoring qilish va baholash metodikasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Izoh (0)