O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi ekspertlaridan tashkil topgan delegatsiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Maxsus ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti xabar berdi.
Yig‘ilish 9—12-noyabr kunlari Sanya shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tmoqda.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston ekspertlari ShHT doirasida bojxona sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashning amaliy masalalarini muhokama qilmoqda.
Izoh (0)