Meksika huquq-tartibot idoralari Keretaro shahrida mamlakatdagi yirik narkokartellardan biri bo‘lmish “Xalisko — Yangi avlod” yetakchilaridan biri Martin Navarro Eskutiyani hibsga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qasddan qotillik va terrorchilikda ayblanib qidirilayotgan 40 yoshli jinoyatchi kartelning Guanaxuato shtatidagi faoliyati uchun javob bergan. O‘ta xavfli jinoyatchining qo‘lga olinishi bosh prokuratura, kriminal tekshiruvlar agentligi va federal politsiya tomonidan hamkorlikda amalga oshirilgan.
2009-yilda paydo bo‘lgan “Xalisko” Meksikadagi eng qattol va shafqatsiz narkokartellardan biri sanaladi. Narkotiklar kontrabandasi va sotuvidan tashqari, jinoiy guruh talonchilik va odam o‘g‘irlash bilan ham shug‘ullangan.
Izoh (0)