4-noyabr kuni Janubiy Sudanda halokatga uchragan An-12 samolyoti yo‘lovchilaridan birining tirik qolishiga uning onasi sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
Gap shundaki, samolyot tezlik bilan pastlay boshlaganda undagi ayol o‘g‘lini oynadan pastga tashlab yuborgan.
Boladan tashqari uning otasi ham tirik qolgan. Ular shifoxonaga joylashtirilib, hozirda shifokorlar nazoratidadir.
Eslatib o‘tamiz, An-12 samolyotining Janubiy Sudanda qulashi natijasida kamida 40 kishi halok bo‘lganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)