Madridning “Real” futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh Aveyru o‘g‘lining dunyoga kelishini istamaganini tan oldi. “Chempionat” xabariga ko‘ra, Krishtianu haqidagi hujjatli filmda Aveyru xonim homiladorlik vaqtida abort qildirmoqchi bo‘lganini aytib o‘tdi.
“Uning tug‘ilishini istamaganman, biroq u menga shuncha xursandchilik olib keldi. Hayotda nimagaki erishgan bo‘lsam, hammasi o‘g‘lim tufayli. Men abort qildirmoqchi bo‘lganman, biroq Xudo buni xohlamagan”, — deya Aveyruning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Ispaniyaning AS nashri.
Avvalroq Ronaldu haqidagi hujjatli film premyerasi 9-noyabr kuni Londondagi “Uembli” stadionida tashkil etilishi ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)