O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi Hindiston Superligasi o‘yinlarini boshqarish uchun taklif oldi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun aytish kerakki, Hindiston Superligasida o‘yinlar sentabrdan dekabrgacha o‘tkaziladi. Unda 8 jamoa qatnashib, o‘zaro ikki boradan to‘qnash keladi. Keyinchalik eng yuqoridagi to‘rt jamoa o‘zaro yarim final hamda final o‘yinlarini o‘tkazadi. Yarim final o‘yinlari uy-safar tizimida o‘tsa, final uchrashuvi bitta o‘yindan iborat bo‘ladi.
Rashan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi aynan chempionatning final bosqichi o‘yinlarnida ishlash uchun taklif etilgan. O‘yinlar 23-noyabrdan 7-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar yordam beradi.
Izoh (0)