“Barselona” safiga o‘tishi kutilayotgan angliyalik hujumchi Markus Reshford jamoada asosiy tarkib uchun braziliyalik futbolchi Rafinya Dias bilan raqobatlashadi. Bu haqda Carrusel Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, klub ustozi Hansi-Diter Flik hujum chizig‘ining chap qanotida hali ham Rafinyani asosiy futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Shu sababli, Reshford dastlab jamoada o‘yinni zaxiradan boshlashi kutilmoqda.
O‘tgan mavsumda Rafinya “Barselona” safida barqaror o‘yin ko‘rsatdi va jamoadagi muhim figuralardan biriga aylandi. 28 yoshli vinger jami 57 uchrashuvda maydonga tushib, 34 ta gol va 25 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Reshford “Manchester Yunayted”dan 2025/26-yilgi mavsum yakunigacha ijaraga olingan. Bitimda futbolchini to‘liq sotib olish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, “Barselona” bu bandni 30 million yevro evaziga faollashtirishi mumkin. Transfer rasman 23-iyul, chorshanba kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)