AQSh Demokratik partiya a’zolari 30-oktabr, juma kuni Barak Obamaning maxsus topshiriqli bo‘linma jangchilarini Suriyaga yuborish to‘g‘risidagi qarorini tanqid qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Vashingtonning harbiy mojarolardagi ishtirokiga chek qo‘yishga va’da bergan davlat rahbarining Suriyadagi harbiy operatsiyalarni uzaytirayotganligi uning partiyadoshlari noroziligiga sabab bo‘ldi.
Aksariyat demokratlar Obama to‘rt yildan buyon fuqarolik urushi holatida bo‘lgan Suriyada aniq strategiyaga ega bo‘lmaganligidan ushbu qarorni qabul qildi, deb hisoblamoqda.
AQSh Kongressi senatining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Kris Merfi va boshqa demokratlar amerikalik kichikroq harbiylar otryadini yuborish bilan Vashington mamlakatda Suriya prezidenti Bashar Asad bilan ochiq harbiy qarama-qarshiliklarni keltirib chiqarishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Izoh (0)