Amerikaning Texas shtati markaziy hududiga yopirilgan kuchli jala va toshqinlar natijasida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanilmoqda. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Qurbonlarning har ikkalasi ham shtat orqali o‘tgan shosse suv ostida qolib, avtomobillar yo‘ldan chetga chiqib ketishi natijasida halok bo‘lgan.
Hukumat ofat epitsentrida qolgan mahalliy aholini evakuatsiya qilmoqda. Tabiiy ofat o‘z ta’sirini o‘tkazgan hududlarda o‘nlab yo‘llar hamda mahalliy va federal ahamiyatga ega avtotrassalar yopilgan. Ostin xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli barcha reyslar bekor qilingan edi. Ayni paytda aeroport o‘z ishini cheklangan rejimda qayta tikladi.
Izoh (0)