Moskvada Ichki ishlar vazirligi jinoiy qidiruv boshqarmasi xodimlari maxsus bo‘linma hamda Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Dato Svan laqabi bilan tanilgan gruzin jinoiy rahnamolaridan biri—David Gerlianini qo‘lga oldi. Unga migratsiya qonunchiligini buzganlik aybi qo‘yilgan, deya xabar beradi Rossiya IIV sayti.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, ayni paytda Gerliani chet ellik fuqarolarni vaqtincha saqlab turish markaziga joylashtirilgan. Uni Rossiyadan chiqarib yuborish masalasi hal etilmoqda.
Izoh (0)