AQSh Davlat departamenti Hillari Klinton shaxsiy elektron pochtasidagi xizmat yozishmalaridan yana bir qismini e’lon qilish niyatida. Bu haqda tashqi siyosiy idora matbuot xizmati rahbari Jon Kirbi ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
Kirbining ta’kidlashicha, tarmoqda joylashtiriladigan elektron maktublar hajmi 7 ming sahifadan oshadi. Ular asosan 2011—2012-yillarga taalluqli, ammo orasida 2009—2010-yillarda yozilganlari ham bor.
Kirbi barcha maktublarning chop etilishi avval belgilangan muddat — 2016-yil, 29-yanvarda yakunlanishi lozimligini bildirib, mazkur jarayon undan oldinroq oxiriga yetishi mumkinligini ham istisno etmadi.
Izoh (0)