Xitoy Harbiy-dengiz kuchlari admirali U Shenli AQSh admirali Jon Richardson bilan telekonferensiya doirasida Janubiy Xitoy dengizida eng kichik hodisa yuz bergan taqdirda ham urush boshlanishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Shenli AQShning Janubiy Xitoy dengizidagi harakatlarini “provokatsion va xavfli” deb atadi va tartibsiz harakatlar oqibatida har qanday kichik hodisaning yuz berishi harbiy harakatlarning boshlanishi uchun xizmat qilishi haqida ogohlantirdi.
U, shuningdek, Amerika taktikasini voqealarni nazoratsiz rivojlanishiga bo‘lgan xatarni oshiruvchi taktika deb atadi.
Izoh (0)