Eron maxsus xizmatlari Tehronda kelib chiqishi eronlik bo‘lgan amerikalik biznesmen Siamaka Namoziyni hibsga oldi, deya xabar bermoqda “RBK” The Wall Street Journal’ga tayanib.
Crescent Petroleum Co. kompaniyasining strategik rejalashtirish bo‘limi rahbari bo‘lmish Namoziy ikki hafta avval Tehrondagi qarindoshlarinikiga mehmonga kelganida qo‘lga olingan.
Nashr manbalari ta’kidlashicha, Namoziyni Eron hukumatiga emas, Eron siyosiy va diniy arbobi, Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiyga bo‘ysunuvchi razvedka gvardiyasi vakillari hibsga olgan.
Eron razvedkasi agentlari Tehrondagi Namoziyning oilasiga tegishli uyni tintuv qilib, uning kompyuterini musodara etgan.
Izoh (0)