Urugvay prezidenti Tabare Vaskes (u o‘z paytida saraton kasalliklari shifokori bo‘lgan) Fransiyaga parvoz davomida yo‘lovchi qizni bo‘g‘ilishdan saqlab qoldi. Bu haqda mahalliy OAV ma’lum qildi, deya xabar berdi “Korrespondent.net”.
Ma’lum bo‘lishicha, qizda parvozga qadar tasodifan iste’mol qilingan yeryong‘oqqa o‘tkir allergik ta’sirlanish oqibatida nafas qisishi boshlagan. Vaskes shaxsiy shifokori bilan birga unga yordam ko‘rsatib, ahvoli og‘irlashishidan qutqargan.
Izoh (0)