Yekaterinburgda (Rossiya) maktab o‘quvchisi va uning onasi o‘lgan qarindoshlari bilan ma’lum muddat bir kvartirada yashagan. Tergov mazkur hodisa yuzasidan tekshiruvni boshladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga ko‘ra, oila murda bilan ikki haftadan bir oygacha yonma-yon yashagan. Kvartiradan yoqimsiz hid kelayotgani to‘g‘risida qo‘shnilar xabar bergan. Bolaning o‘zi tog‘asini uxlayotgan deb o‘ylagan, onasi esa ruhiy jihatdan sog‘lom emas.
Ruhiy kasallik alomatlari aniqlangan ayol tibbiy muassasaga jo‘natilgan, uning voyaga yetmagan o‘g‘li esa vasiylik idoralari vakillari nazoratiga olingan.
Izoh (0)