KXDRdagi inson huquqlari bo‘yicha BMT ma’ruzachisi Marzuku Darusman Shimoliy Koreya hukumatini majburiy va pul to‘lanmaydigan mehnatni tashkillashtirishda aybladi, deb yozadi “Segodnya.ua”.
E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning 50 mingdan ortiq fuqarosi majburiy ravishda chet elda ishlaydi. Rasmiy Pxenyan shu tariqa sanksiyalarni chetlab o‘tadi va valyuta ishlab oladi, deb hisoblaydi tashkilotdagilar.
KXDR fuqarolari bunday sharoitlarda, asosan, Xitoy, Afrika, shuningdek, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlarida mehnat qiladi.
Darusman so‘zlariga ko‘ra, ularning ish kuni 20 soatgacha davom etadi, dam olish kunlari esa oyda ikki marta beriladi. Koreyaliklar qurilish, yog‘och tayyorlash, tog‘-kon ishlari va to‘qimachilik korxonalariga jalb etiladi.
Pxenyan ushbu ishchilar ortidan maosh olib, yiliga 2,1 milliard yevrogacha boyiydi.
KXDR hukumati bu bayonotga javob qilganicha yo‘q.
Izoh (0)