Fransiyaning Poytiyers shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 100 ming dollardan iborat turnir o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik Nigina Abduraimova ham ishtirok etayotgandi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Turnirning yakkalik bahslarida asosiy to‘rga chiqa olmagan Nigina juftlik musobaqasida chorak finalga qadar yetib bordi. Aynan chorak final bahsida Nigina juftlikdagi sherigi fransiyalik Marine Partaud bilan birga turnirning ikkinchi raqamli juftligi, ruminiyalik tennischilar – Andrea Mitu va Monika Nikuleskuga 1:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Izoh (0)