“Barselona” Lionel Messiga karyerasi yakuniga yetguncha amalda bo‘ladigan yangi shartnoma taklif etish niyatida. Bu haqda “Sport.es” ma’lumotlariga tayanib,“Sports.ru” xabar berdi.
Yaqin vaqt mobaynida klub rahbariyati 28 yoshli argentinalik hujumchi bilan muzokaralarni boshlash niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Messining yiliga 20 million yevrodan iborat amaldagi shartnomasi 2018-yil yozida oxiriga yetadi.
Izoh (0)