Qozog‘istonning Olmaota shahrida bouling bo‘yicha o‘tkazilgan Almaty Open 2015 xalqaro turnirida O‘zbekiston vakillari oltin va kumush medallarga sazovor bo‘ldi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Jumladan, tajribali sportchi, O‘zbekiston chempioni Bekzod To‘xtaniyozov xalqaro turnirda birinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, yana bir o‘zbekistonlik Baxtiyor Dalabayev kumush medal bilan taqdirlandi. Musobaqaning bronza medali qozog‘istonlik Gennadiy Vologinga nasib etdi.
Mazkur xalqaro turnirda Qozog‘iston, O‘zbekiston va Rossiya davlatlaridan jami 40 nafar sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Izoh (0)