Qatar Yulduzlar ligasida 7-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik Sardor Rashidov to‘p tepayotgan Qatarning “Al Jaish” jamoasi safarda “Al Vakra” klubi mehmoni bo‘ldi. Rashidov uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Jamoaning ishlari yurishmayotgan pallada “Al Jaish” bosh murabbiyi O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisini maydonga tushirdi. Sardor esa uchrashuvning 81 va 85-daqiqalarida gol kiritdi va jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
Qatar Yulduzlar ligasi, 7-tur.
Al Vakra – Al Jaish 1:2Gollar: Sayez (63) — Sardor Rashidov (81, 85).
Izoh (0)