Aholisi 9,8 million kishidan iborat Shvetsiyada qirollikka bir haftada yetib kelgan qochoqlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Ular 9,5 ming kishini tashkil etdi, shundan 2,3 mingi kattalar kuzatuvi ostida bo‘lmagan muhojir o‘smirlardir. Shu tariqa, 2015-yilda mamlakatga ko‘chib kelgan kishilarning umumiy soni qariyb 105 ming kishiga yetdi. Bu Yevroittifoqda aholi jon boshi hisobida eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Mamlakat migratsiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Shvetsiyaga kelayotgan muhojirlarning ko‘pchiligi Suriya, Afg‘oniston va iroqliklardir. Muhojir o‘smirlar orasida esa Afg‘oniston vakillari ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Izoh (0)