Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining partiyasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir hafta davomida noma’lum shaxslar partiya idoralariga 20 marta hujum uyushtirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Bir hafta davomida partiyaning qariyb 20 ta ofisiga hujumlar uyushtirildi, xususan, Tbilisidagi Saakashvili kutubxonasiga bo‘yoqlar chaplab ketildi”, — dedi partiya a’zosi Sergo Ratiani.
Uning qayd etishicha, partiya yuz bergan hodisalar uchun javobgarlikni mamlakatning amaldagi hukumatiga yuklaydi hamda vandalizm va bezorilik holatlari bo‘yicha imkon qadar qisqa muddatda tergov harakatlarini boshlashni talab qiladi.
Xabar berishlaricha, noma’lum shaxslar “Milliy harakat” partiyasining Imreti, Kaxeti, Samegrelo, Svanetiya va Tbilisi viloyatlarida joylashgan idoralariga tuxum va bo‘yoqlar bilan hujum qilgan.
Partiya a’zolarining fikricha, mazkur hujumlarga Saakashvili prezidentligi davrida qamoqxonalarda yuz bergan qiynoq holatlari aks etgan videoyozuvlarning e’lon qilingani sabab bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)