Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari, KXDR patrul kateri ikki mamlakat o‘rtasidagi dengiz chegara chizig‘ini kesib o‘tganidan so‘ng, ogohlantiruvchi o‘t ochdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shimoliy Koreya kateri Sariq dengizning Yonpxyondo oroli yaqinida baliq ovlayotgan xitoylik brakonyerlarni ta’qib qilayotgan bo‘lgan.
Janubiy Koreyaning ogohlantiruvchi beshta o‘t ochishidan so‘ng, KXDR patrul kemasi Janubiy Koreya hududiy suvlarini tark etdi. Hodisa natijasida jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Janubiy Koreya armiyasi vakilining ma’lum qilishicha, hodisa joyida “ogohlantirish jarayonida hech qanday zo‘ravonlik harakatlari yuz bermagan”.
KXDR esa yuz bergan holatni “harbiy provokatsiya” deb atadi.
Izoh (0)