Ispaniyaning “Barselona” klubi futbolchilari Ispaniya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan “Eybar”ga qarshi o‘yin oldidan afsonaviy futbolchi Yoxan Kruiffni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Avvalroq Yoxan Kruiffning o‘pka saratoni bilan xastalangani haqida xabar berilgan edi. Kruiff 1988—1996-yillar davomida “Barselona”ga, 2009—2013-yillarda esa Kataloniya terma jamoasiga ustozlik qilgan.
Xabar berishlaricha, “Eybar”ga qarshi o‘yin oldidan: “Umidsizlanma, Yoxan”, — deb yozilgan olovrang liboslarda maydonga chiqib kelgan.
“Barselona”ning yetakchi futbolchilaridan biri, hujumchi Lionel Messi Facebook’dagi sahifasida saratonga chalingan Yoxan Kruiffni qo‘llab-quvvatlagani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)