Janubiy Koreyada MERS koronavirusidan vafot etish bilan bog‘liq yana bir holat qayd etildi. “TASS” xabariga ko‘ra, bemor 25-oktabr kuni erta tongda vafot etgan.
Shunday qilib, Janubiy Koreyada Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) koronavirusidan vafot etganlar soni 37 nafarga yetdi.
Janubiy Koreyada MERS koronavirusi yuqishi bilan bog‘liq dastlabki holat 2015-yil 20-may kuni qayd etilgan. Ma’lum bo‘lishicha, virus Yaqin Sharqdan qaytgan Janubiy Koreya fuqarosi bilan birga mamlakatga kirib kelgan.
Janubiy Koreyada koronavirus epidemiyasi to‘la tugatilgani haqida 29-oktabr kuni e’lon qilish rejalashtirilgan edi. Umum e’tirof etilgan qoidalarga ko‘ra, buning uchun so‘nggi bemor davolanib bo‘lganidan so‘ng 28 kun o‘tishi kerak.
Mamlakatda iyul oyi boshidan beri koronavirus yuqishi bilan bog‘liq yangi holatlar qayd etilgani yo‘q.
Izoh (0)