Hindistonda avtobusning daraga qulashi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi tan jarohati oldi. “RBK” xabariga ko‘ra, hodisa 24-oktabr, shanba kuni oqshomda Janubiy Mizoramda yuz bergan.
Indian Express nashri xabariga ko‘ra, jabrlanuvchilardan uch nafarining ahvoli og‘ir. Politsiya hodisaning turli sabablarini o‘rganib chiqmoqda.
Dastlab, avtobus haydovchisi transport vositasini mast holda boshqarib borgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Biroq politsiya fojiaga avtobus tomon katta tezlikda yaqinlashib kelgan yuk mashinasi sabab bo‘lgani haqidagi talqinni istisno qilmayapti.
Mazkur versiyaga ko‘ra, avtobus haydovchisi yuk mashinasi bilan to‘qnashuvdan qochish maqsadida keskin burilishni amalga oshirgan va oqibatda avtobus daraga qulagan.
Izoh (0)