Qalmog‘istonning Lagan shahridagi xonadonda yuz bergan katta yong‘in oqibatida 3—10 yosh oralig‘idagi uch bola halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Oktabr ko‘chasidagi uyda yong‘in kelib chiqqani haqidagi xabar 25 oktabr kuni Moskva vaqti bilan 1:20 da kelib tushdi. Yong‘inni o‘chirish vaqtida 2005, 2006 va 2012-yillarda tug‘ilgan bolalarning jasadlari topildi”, — deydi Favqulodda vaziyatlar vazirligi mahalliy boshqarmasi vakili.
Olovni o‘chirish uchun 33 kishi va 10 dona texnika jalb qilingan, yong‘in Moskva vaqti bilan 3:20 da to‘laqonli o‘chirilgan.
Izoh (0)