25-oktabr, yakshanba kuni Argentinada prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ovoz berish chog‘ida argentinaliklar prezident, vitse-prezident, deputatlar palatasining yarmi, Senatning uchdan bir qismi, Parlasur (Mercosur bloki parlamenti) deputatlarini saylaydi. Shuningdek, mamlakatning 11 provinsiyasida gubernator, vitse-gubernator, mahalliy qonun chiqaruvchi organlarning deputat va senatorlari saylanadi.
Prezidentlik saylovida olti nafar nomzod: Buenos-Ayres provinsiyasi gubernatori Daniel Ssioli, Buenos-Ayres meri Maurisio Makri, deputatlar Serxio Massa, Nikolas del Kano, Margarita Stolbiser va senator Alberto Rodriges Saa ishtirok etmoqda. Mazkur nomzodlar yetarlicha ovoz to‘plolmagan taqdirda 22-noyabrda saylovlarning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi.
Saylovlarda g‘olib chiqqanlar (Parlasur deputatlaridan tashqari) 10-dekabrda o‘z lavozimini egallaydi.
Izoh (0)