Suriya prezidenti Bashar Asad Damashqda Rossiya Federatsiyasi parlamenti a’zolari bilan uchrashuvda Suriya xalqi uni qo‘llab-quvvatlasa, prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqda delegatsiya a’zosi Aleksandr Yushchenko “RIA Novosti” bilan suhbatda ma’lum qildi.
“Asad aytdiki, agar Suriya xalqi lozim topsa, prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga qarshi emas”, — deydi Yushchenko Bashar Asad bilan uchrashuv yakunlarida haqida.
Yushchenkoning qo‘shimcha qilishicha, Asad Suriya xalqi zarur deb hisoblasa, prezidentlik saylovlarini istagan vaqtda o‘tkazishga tayyor ekan.
Rossiya parlamenti a’zolaridan iborat delegatsiya 23-oktabr, juma kuni Suriyaga yetib keldi. Delegatsiya Suriyaga o‘zi bilan gumanitar yordam (dori-darmon va bolalar uchun oziq-ovqat) olib keldi.
Izoh (0)