Buyuk Britaniya, Fransiya va Ispaniya Suriya hukumat armiyasi tomonidan “bochkali” bombalar qo‘llanilishi masalasi bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashi aralashuvini talab qilmoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”. Ushbu mamlakatlar Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyasi loyihasini tayyorlamoqda.
Fransiyaning BMTdagi doimiy vakili Fransua Delatr so‘zlariga ko‘ra, benzin, mix, shrapnel va portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan 500 litrgacha sig‘imga ega silindr konteynerdan iborat qo‘lbola yondiruvchi bomba “terror quroli”dir.
Diplomat Xavfsizlik Kengashini bunday turdagi qurolni taqiqlash bo‘yicha choralar ko‘rishga chaqirdi. Rezolyutsiya loyihasi oktabr oxirigacha tashkilotga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
Izoh (0)