Meksika fuqarolar mudofaasi kuchlari to‘rtinchi darajali “Patrisiya” bo‘roni yaqinlashayotgani tufayli Xalisko, Nayarit va Kolima shtatlarining sohilbo‘yi tumanlaridan 50 mingga yaqin kishini evakuatsiya qilishga kirishdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Mahalliy vaqt bilan 22-oktabr 19:00 (Toshkent vaqti bilan 23-oktabr 05:00) holatiga ko‘ra, siklon Tinch okeanida sohildan 400 km masofada joylashib, shimoli-g‘arb yo‘nalishida soniyasiga 5,5 metr tezlikda harakatlanmoqda. Shamol tezligi uning avj qismlarida soniyasiga 66 metrgacha yetadi. Dovul diametri qariyb 400 kilometrga teng.
Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin soatlardayoq “Patrisiya” maksimal — beshinchi darajagacha kuchayishi mumkin.
Izoh (0)