Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo davlatlari: Turkmaniston, Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston bo‘ylab tarixiy turnega jo‘nadi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. Safarda unga yapon kompaniyalarining 50 nafar vakili hamrohlik qiladi.
Turne 27-oktabrgacha davom etadi, besh kun ichida bosh vazir oltita davlatda bo‘lishi kerak, Yaponiya vazirlar mahkamasi rahbari ushbu davlatlarning uchtasiga birinchi marta bunday tashrif bilan boradi.
Yaponiya tashqi ishlar vazirligi tashrifni tarixiy deb atadi. Bungacha bosh vazir Dzyun’itiro Koidzumi faqat Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘lgan.
Abe har bir mamlakatda davlat rahbarlari bilan uchrashishi, biznes-forumlarda qatnashishi, birgalikdagi bayonot va hujjatlarni imzolashi rejalashtirilgan. Tashrif yakunlari bo‘yicha Yaponiya bosh vaziri 27-oktabr kuni Nazarboyev Universitetida nutq so‘zlaydi.
Izoh (0)