Xitoy sharqidagi Shandun viloyatidagi kimyo zavodida 21-oktabr, chorshanba kuni yuz bergan portlash oqibatlarini bartaraf etish vaqtida to‘qqiz kishining jasadi topildi. “TASS”ning xabar berishicha, portlashdan so‘ng ular bedarak yo‘qolgan, deb gumon qilinayotgan edi.
Xabar berishlaricha, fojia portlovchi moddalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Shandong Tianbao Chemical Industry Corporation kompaniyasining Pini uyezdida joylashgan zavodida yuz bergan, hodisa oqibatida yana ikki kishi jabrlangani aytilmoqda.
Hozirgi vaqtda zavoddagi qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakuniga yetgan, barcha jabrlanuvchilar kasalxonalarga yotqizilgan, ularning hayoti xavf ostida emas. Politsiya portlash sabablarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Izoh (0)