Isroil va AQSh hukumatlari harbiy yordam borasidagi muzokaralarni qaytadan boshladi. “Kommersant.ru” xabariga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron yadroviy dasturi bo‘yicha imzolangan kelishuvga norozilik sifatida ushbu muzokaralarni to‘xtatib qo‘ygandi.
“Bir muddatga to‘xtatib qo‘yilgan Isroil va AQSh o‘rtasidagi yangi o‘zaro anglashuv memorandumi muhokamasi o‘tgan hafta Vashingtonda qaytadan boshlandi”, — deya Isroilning AQShdagi elchisi so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Reuters agentligi.
Qayd etishlaricha, tomonlar Isroilga yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2017-yilda yakuniga yetadigan dasturni yana 10 yilga uzaytirish borasida kelishib olishni rejalashtirayotgan edi.
Izoh (0)