Qochoqlarni joylashtirish rejalashtirilgan Shvetsiyaning janubi-g‘arbidagi Kungsbak kommunasidagi sobiq maktab binosi 18-oktabrga o‘tar kechasi yonib ketdi. Bu haqda, shved telegraf byurosi taqdim etgan ma’lumotlarga asoslanib, “Exo Moskvi” xabar beradi.
Yong‘inni bartaraf etishga uchta o‘t o‘chiruvchilar brigadasi jalb etildi. Politsiya voqea joyini qurshab oldi. Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.
Kungsbakdagi yong‘in mamlakat janubida joylashgan Yungbyu kommunasidagi maktabga o‘t qo‘yib yuborilgandan keyin bir kun o‘tar-o‘tmas sodir bo‘ldi. U yerda ham qochoqlarni joylashtirish rejalashtirilgan edi.
14-oktabr, chorshanba kuni mahalliy hukumat tomonidan Shvetsiyaga ota-onasiz kirib kelayotgan voyaga yetmagan qochqinlarni joylashtirishga moslashtirilgan, Skone provinsiyasiga qarashli Arlyov hududidagi muvaqqat yog‘och uyi yonib ketdi. U yong‘in sodir bo‘lgan kundan keyingi kun ochilishi kerak edi.
Izoh (0)