AQShning Illinoys shtatidagi Chikago shahrida olti yoshli bola bilmasdan uch yashar ukasini otib qo‘ydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shahar politsiyasidan ma’lum qilishlaricha, o‘qlangan to‘pponchani muzlatgichning ustida saqlab kelgan bolalarning otasi hodisada aybdor deb topildi.
Baxtsiz hodisa 17-oktabr, shanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Yarador bolani uning yaqinlari shifoxonaga yetkazgan bo‘lsa-da, keyinchalik boshidan yaralangan bolakay vafot etdi.
Politsiyaning aniqlashicha, ota o‘zining jinoiy beparvoligini namoyish etgan bo‘lib, o‘qlangan qurolni uyda, farzandlarining qo‘li yetadigan xonada saqlab kelgan. U bolaning hayotini og‘irlashtiruvchi oqibatlarga olib keluvchi tahdid ostiga qo‘yganlikda ayblandi.
Izoh (0)