Qutqaruvchilar Qora dengizda “Ivolga” kateri cho‘kib ketgan hududda yana ikki nafar qurbonning jasadini suvdan olib chiqdi. “RBK” xabariga ko‘ra, shunday qilib, kema halokati qurbonlari soni 14 kishiga yetdi.
Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmatining Odessa viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot kotibi Olga Levchukning ma’lum qilishicha, hodisa joyiga ikki kater va to‘qqiz kishidan iborat qutqaruvchi g‘avvoslar guruhi yuborilgan. Oradan bir soat o‘tib, “Chernomorskiye zori” sanatoriysi sohillarida bir jasad, keyinroq, qirg‘oqdan 300 metr uzoqlikda ikkinchi jasad topilgan.
Avvalroq Ukraina Ichki ishlar vazirligi kater avariyasi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan, keyinchalik esa qurbonlar sonini 12 kishigacha kamaytirgandi. Ukraina Infratuzilma vazirligi axborotiga ko‘ra, 12 yo‘lovchi va ekipajning uch a’zosiga mo‘ljallangan kema halokatiga keragidan ortiq odam chiqqani sabab bo‘lgan — halokatli reys vaqtida katerda 33 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Izoh (0)