Buyuk Britaniyaning Bristol shahri fuqarosi onlayn-auksionda “Skorpion” (CVRT) bronetransportyorini xarid qilganidan so‘ng o‘ziga yangi uy axtarishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xaridor — 44 yoshli muhandis Jef Vulmerning aytishicha, 9 ming funt sterlingga (taxminan 14 ming dollar) tushgan “tasodifiy” xarid yanada kattaroq xarajatlarga olib keldi. U yetti tonna og‘irlikdagi, 75 millimetrli to‘pga ega jangovar mashinani qo‘yadigan joy topolmagach, ikki xonali kvartiradan kattagina uyga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan.
Atrofdagilar “Tankchi” deya laqab qo‘yib olgan Vulmer oldin Kanada qurolli kuchlarida foydalanilgan mashinani yil davomida ta’mirlab, ishlab chiqaruvchi kafolatlagan soatiga 80 kilometr tezlikka erishish niyatida.
Izoh (0)