Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) ijroiya qo‘mitasi a’zolari Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidentini saylashda tashkilot rahbari Mishel Platiniga ishonch bildirib, uni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
FIFA prezidenti lavozimiga saylovlar 2016-yil 26-fevralda bo‘lib o‘tishi belgilangan bo‘lsa-da, saylovni boshqa sanaga ko‘chirilishi muhokama qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, FIFA axloq qo‘mitasi Mishel Platinini 90 kunga lavozimidan chetlatdi. Keyinroq axloq qo‘mitasi Platini UEFA ijroqo‘mi majlisida qatnashsa, unga qarshi yangi ish ochishi haqida ogohlantirdi.
Izoh (0)