Britaniyaning Vodafone telekommunikatsiya kompaniyasi Rossiyaning “MTS” mobil aloqa operatori bilan Vodafone brendini Ukrainada ishlatish haqida kelishuv imzoladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“‘MTS’ va Vodafone o‘zaro hamkorlik doirasida o‘zlari kirib borgan mamlakatlarda mobil internet servislarini rivojlantirish bo‘yicha bir qator strategik tashabbuslarni amalga oshirdi. Ukrainada 3G xizmati shakllanayotgan bir payt hamkorligimizni kengaytirishning ayni mavrididir, u Ukrainadagi o‘sayotgan bozor imkoniyatlaridan samarali foydalanish imkonini beradi”, — deyiladi “MTS” xabarida.
Kelishuv qiymati 11,2 milliard rubldan oshmadi, bu “MTS” aktivlari balans qiymatining 1,99 foiziga teng.
Izoh (0)