So‘nggi uch yil ichida O‘zbekistonda xorijlik hamkorlar ishtirokida 100 dan ortiq to‘qimachilik korxonalari ishga tushirildi. O‘zbekiston kelajakda ushbu sohadagi ishlarni kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Bugun, 15-oktabr kuni boshlangan o‘n birinchi xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasida keyingi 5 yil ichida O‘zbekistonda yana 100 dan ortiq to‘qimachilik va yengil sanoat qo‘shma korxonasi ochilishi haqida aytildi.
Ichki bozoridagi to‘qimachilik korxonalarining ehtiyoji o‘sib borayotganligini hisobga olib, yaqin yillarda paxta tolasini O‘zbekistonda qayta ishlab chiqarish hajmini 65 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda paxta tolasining 35 foizidan ortig‘i respublika hududida qayta ishlab chiqarilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘n birinchi xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasida joriy yilgi mavsumda O‘zbekistonda terilgan paxtaning 98 foizi oliy va birinchi navga tegishli ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Izoh (0)