Olmaotada 13-oktabr kuni, kechki payt boshqaruvni yo‘qotgan tramvay gavjum yo‘ldagi to‘qqiz avtomashinaga shikast yetkazdi, deb xabar beradi “Gazeta.kz”.
Yo‘l-transport hodisasi Makatayeva ko‘chasida sodir bo‘ldi. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, tramvay o‘chib qolganligi uchun uning haydovchisi Gavhar Tursunova tashqariga chiqqan. Tashqarida turgan holda, tramvay ichidagi yo‘lovchilardan biriga tormozni bosishni iltimos qilgan. Undagi boshqa yo‘lovchilarning ma’lum qilishicha, yo‘lovchi ayol haydovchining buyrug‘ini adashtirib, gazni bosib yuborgan.
Shundan so‘ng, oldinga qarab shiddat bilan harakatlanib ketgan tramvay o‘z yo‘lidagi barcha transport vositalarini surib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, favqulodda hodisa oqibatida to‘rt kishi jabrlangan, jami 14 ta mashinaga zarar yetgan.
Voqea joyida politsiya xodimlari ish olib bormoqda.
Izoh (0)