Yaponiya fuqarolariga 12 xonali shaxsiy raqam taqdim etiladi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Mamlakatda har bir fuqaro uchun bir umrlik identifikatorni o‘zlashtirish to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. Raqamlanganlar safiga yaponiyaliklar hamda mamlakatda uzoq vaqtdan buyon yashayotgan chet elliklar kiradi.
Oktabr—noyabrdayoq aholi o‘zlariga berilgan raqam qayd etilgan kartochkalarga ega bo‘ladi. 2016-yil yanvaridan ushbu raqamlar hisobga olish operatsiyalari, soliq solish va ijtimoiy sug‘urta tizimlarini soddalashtirish va bir xillashtirish uchun ishlatila boshlaydi.
Hukumat, shuningdek, raqamlardan foydalanish mumkin bo‘lgan sohalarni yanada kengaytirish niyatida.
Izoh (0)