Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev “Rahm-shafqat” fondiga xayriya qilgan pul mablag‘lari tezkor jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishiga muhtoj 29 nafar bolaning salomatligini tiklashga yo‘naltirildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
“Rahm-shafqat” fondi direktori Arujan Sainning so‘zlariga ko‘ra, uning prezident bilan bo‘lgan har bir uchrashuvi bolalar hayotini saqlab qolish bilan chambarchas bog‘liqdir.
“2010-yilgi uchrashuvimiz vaqtida biz yurak porogi bilan tug‘ilgan bolalar salomatligini muhofaza qilish masalasini muhokama qilganmiz. Shundan keyin Qozog‘istonda shunday tashxis qo‘yilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga qayta hayot beruvchi shifoxona qurildi”, — deydi Arujan Sain.
Fond direktorining ta’kidlashicha, mamlakatda mehribon kishilar ko‘p va ularning ko‘magida hozirgi kunda 1300 nafar bemor bolaning salomatligini asrash va hayotini saqlashga erishildi. Bundan tashqari, fondning mamlakatda mehribonlik uylarini kamaytirishga qaratilgan “Yetimlarsiz Qozog‘iston” loyihasi orqali 500 nafarga yaqin bola o‘z oilasini topdi.
Izoh (0)