AQSh va yana 11 mamlakatning savdo vazirlari Trans-Tinch okeani hamkorligi haqidagi bitimni imzoladi. “Gazeta.ru”ning xabar berishicha, mazkur hamkorlik Tinch okeani mintaqasidagi Xitoyning iqtisodiy hamlasiga qarshi yo‘naltirilgan.
Hamkorlik bitimi Avstraliya, Bruney, Kanada, Chili, Yaponiya, Malayziya, Meksika, Yangi Zelandiya, Peru, Singapur, AQSh va Vyetnam o‘rtasida imzolandi. Taxminlarga ko‘ra, mazkur mamlakatlar o‘rtasidagi erkin savdo hududi jahon savdosi umumiy hajmining qariyb 40 foizini qamrab oladi.
Trans-Tinch okeani hamkorligi doiarasida savdoni liberallashtirish bo‘yicha muzokaralarda qatnashgan 12 mamlakat vazirlari iyun oyida bir to‘xtamga kela olmagan edi.
Avvalroq AQSh kongressi Trans-Tinch okeani hamkorligini amalga oshirish uchun mamlakat prezidentiga alohida vakolatlar berish haqidagi qonunni qabul qilgandi, mazkur hamkorlik loyihasi Barak Obamaning iqtisodiy dasturi muhim bandlaridan biri edi.
Izoh (0)