Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning so‘zlariga ko‘ra, parlament saylovlaridan so‘ng, mag‘lub partiyalar tomonidan uyushtiriladigan, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi, davlat to‘ntarishiga urinishlar esa qamoq bilan jazolanadi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.
“Konstitutsiyaga muvofiq, Qirg‘iziston prezidenti Konstitutsiya kafili emas, biroq davlat rahbari sifatida, butun mas’uliyatni o‘zimga olib aytaman — [davlat to‘ntarishini uyushtirishga uringan] bunday shaxslarni qamaymiz, ularga nisbatan kuch ishlatamiz”, — dedi Atambayev.
Atambayevning qayd etishicha, mamlakat hukumati va rahbariyati sof va shaffof parlament saylovlarini o‘tkazish uchun barcha choralarni ko‘rdi. Qirg‘iziston prezidentining yodga solishicha, ikki yildan so‘ng mamlakat davlat rahbarini ham saylaydi.
Eslatib o‘tamiz, 4-oktabr kuni Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda.
Izoh (0)