Qirg‘iziston parlamentining yangi tarkibiga, 4-oktabr, yakshanba kungi saylovlarning dastlabki natijalariga ko‘ra, oltita partiya kiradi. Bu haqda respublika Markaziy saylov komissiyasiga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Ovoz berishning dastlabki natijalariga ko‘ra, saylovda Qirg‘iziston Sotsial-demokratik partiyasi 26,8 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni “Respublika-Ota yurt” (21,12%), “Qirg‘iziston” (12,42%), “Onuguu-Progress” (9,1%), “Bir-Bul” (8,5%), “Ota Makon” (7,7%) partiyalari egalladi.
Qirg‘iziston Oliy kengashiga saylovlar faqat partiya ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda. Parlament yangi tarkibidagi 120 ta o‘ringa 14 ta partiya da’vogarlik qilmoqda.
Izoh (0)