AQSh Saudiya Arabistonini Yamandagi aviazarbalar nishonini aniq olishga chaqirdi. Bu haqda Reuters ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Biz Yamandagi tinch aholi orasidan qurbonlar bo‘lgani va buning xulosalari chop etilgani ustidan tekshiruv olib borilishini so‘raymiz”, — dedi Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Ned Prays.
Oq uy Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlarining aviazarbalaridan tinch aholi vakillari halok bo‘layotganidan chuqur tashvishga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, Yamandagi to‘yda yuz bergan aviazarba natijasida 131 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)